Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent viloyatining Toshkent tumani "Ko`ksaroy" MFY hududidan oqib o`tuvchi Dam ariq kanalida suv kamayib, bir qancha hayvon suyaklari kanal yoniga chiqib qolganligi va ushbu holatni bartaraf etish bo`yicha yo`llangan videomurojaatdagi holat Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkorlik bilan joyiga chiqib o`rganildi. Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
O`rganishlar natijasida haqiqatan ham ushbu kanalda vaqtincha suv kamaytirilgani sababli kanal yoqasida hayvonlarning suyak qoldiqlari to`planib qolgani aniqlandi.
"Holat tegishli tartibda barataraf etilib, hududdagi aholi, shuningdek, tadbirkorlik sub`ektlari o`rtasida tushuntirish ishlari olib borildi" deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, mazkur kanal atrofida ekologik nazorat yanada kuchaytirilib, tegishli tashkilotlar bilan birgalikda kanalda tozalash ishlarini olib borishga kelishib olindi.
25.08.2022 09:37
Dam ariq kanalida suv kamayib, bir qancha hayvon suyaklari kanal yoniga chiqib qoldi






