AsosiyJamiyat

Andijonda fuqaroni Koreyaga ishga jo`natuvchi soxta tadbirkorlar ushlandi

'Andijonda fuqaroni Koreyaga ishga jo`natuvchi soxta tadbirkorlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmaci tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Andijon shahrida fuqaroni xorijga ishga kiritib qo`yishni va`da qilgan soxta tadbirkorlar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament xabar berdi.

Fuqarolar T.A. va J.M. oldindan o`zaro til biriktirishib, fuqaro A.ga go`yoki o`zlarini Toshkent shahridagi xususiy bandlik agentligining viloyat filiali xodimlari sifatida tanishtirib, uni Koreya davlatidagi kemasozlik zavodiga ishga kiritib qo`yishni 11 000 AQSh dollariga kelishib, oldindan 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar