Ayni kunladra ijtimoiy tarmoqlarda kontrakt miqdorlarining oshirilganligi to`g`risidagi tarqalayotgan xabarlar ommaning keng muhokamalariga sabab bo`lmoqda.
Vazirlik ayni masala bo`yicha o`z munosabatini e`lon qildi.
"Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi to`lov-kontrakt miqdorlarining oshirilganligi to`g`risidagi xabarlar noto`g`ri ekanligini ma`lum qiladi.
Shu bilan bir qatorda bazaviy to`lov-kontrakt miqdorlari 2022/2023-o`quv yili uchun tasdiqlanishi kutilayotganligini inobatga olib, ushbu masala rasmiy e`lon qilinmagunga qadar barcha davlat oliy ta`lim muassasalari, shu jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan ta`lim tashkilotlari ham rasmiy bayonot berishini asossiz deb hisoblaydi",-deyiladi xabarda.






