Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil eshigi ushlagichiga qulf ilinganligi bilan bog`liq suratlar tarqalmoqda.
Ayni damda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBBning bergan ma`lumotida o`tkazilgan tekshiruv va o`rganishlar natijasida shahar IIBB va uning quyi tizimlariga bu kabi holatlar yuzasidan murojaat kelib tushmaganligi aytiladi.
"Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari! Agar siz bilan shu kabi holat sodir bo`lgan bo`lsa yoki shu kabi holatga duch kelsangiz, shuningdek ushbu shaxs haqida biror ma`lumotga ega bo`lsangiz 71-206-42-54 yoki 102 raqamlariga qo`ng`iroq qilishingizni, yoki 97-778-99-65 telegramm raqami orqali xabar berishingizni yohud yaqin oradagi ichki ishlar bo`limiga murojaat qilishingizni so`raymiz",-deyiladi xabarda.






