AsosiyJamiyat

"Janjallashganlarning bog`chaga aloqasi yo`q". MTV ayolni bolalar ko`z o`ngida bo'g`ib kaltaklagan erkak bo`yicha ma`lumot berdi

'"Janjallashganlarning bog`chaga aloqasi yo`q". MTV ayolni bolalar ko`z o`ngida bo'g`ib kaltaklagan erkak bo`yicha ma`lumot berdi'ning rasmi

Biroz avval Quyi-Chirchiq tumanida er rashk sabab xotini ishlaydigan xususiy uy bog`chasiga borib bolalar ko`z o`ngida bo`g`izlagani haqida xabar bergan edik



Holat yuzasidan Maktabgacha ta`lim vazirligi Axborot xizmati munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha,  joriy yilning 25 avgust kuni soat taxminan 17:00 va 18:00lar oralig`ida Quyi -Chirchiq tumanidagi "Lastochka" nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotiga umuman aloqador emas shaxslarning janjali  bolalar ko`z o`ngida sodir etilgan. Ushbu er-xotining tortishuvi avvaliga ko`chada boshlangan, so`ng erini kaltagidan qochgan ayol, ko`zi tushgan darvoza tomon qochib kirib yashirinmoqchi bo`lgan, so`ng er xotinini ketidan kirib janjal holati NMTT ichida davom etgan. 
 

"Do`pposlangan ayol NMTTda umuman ish faoliyatini olib bormagan" deyiladi xabarda.

Ayni damda, ushbu holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tergov ishlarini amalga oshirmoqda.

    Boshqa yangiliklar