AsosiyJamiyat

Faqat qoraqalpog`istonlik yoshlar uchun barcha oliygohlarga alohida 6,5 mingta qabul kvotalari joriy etiladi

'Faqat qoraqalpog`istonlik yoshlar uchun barcha oliygohlarga alohida 6,5 mingta qabul kvotalari joriy etiladi'ning rasmi

Nomzodning Qoraqalpog`istonda ta`limni rivojlantirish va yoshlarni qo`llab-quvvatlash bo`yicha takliflaridan kelib chiqib, Prezident mutasaddilarga:

- Qoraqalpog`istondagi yosh tadbirkorlarga  7 yilgacha muddatga imtiyozli shartlarda ssudalar ajratishni yo`lga qo`yish;

- bo`sh turgan davlat ob`ektlarida yoshlar va xotin-qizlarni xorijiy tillar va IT sohasiga o`qitish kurslarini tashkil etish imkoniyatini yaratish, ushbu ob`ektlarni tadbirkorlarga 5 yilgacha bepul foydalanishga berish;

- Qo`ng`irot, Nukus va Chimboy tumanlarida 4 ta “Ishga marhamat” mono-markazlarini tashkil etish;

- faqat Qoraqalpog`istonlik yoshlar uchun mamlakatimizdagi barcha oliygohlarga alohida 6,5 mingta qabul kvotalari joriy etish;

- Qoraqalpog`istondagi ehtiyojdan kelib chiqib, ekologiya, qishloq xo`jaligi, irrigasiya, qurilish sohalarida tayanch doktoranturada qo`shimcha kadrlar tayyorlashni yo`lga qo`yishga topshiriq berdi.

    Boshqa yangiliklar