AsosiyJinoyat

Quyi Chirchiqda eri tomonidan pichoqlab o`ldirilgani aytilgan ayol haqidagi xabarga prokuratura rasmiy ma`lumot berdi

'Quyi Chirchiqda eri tomonidan pichoqlab o`ldirilgani aytilgan ayol haqidagi xabarga prokuratura rasmiy ma`lumot berdi'ning rasmi

​​Ijtimoiy tarmoqlarda Quyi Chirchiq tumanida er rashk sabab xotinini xususiy uy bog`chasidagi bolalar ko`z o`ngida bo`g`ib, urganligi haqida videolavha tarqalgani, bu holatga MTVning bildirgan munosabati va keyinchalik ushbu ayol eri tomonidan pichoqlab o`ldirilgani haqida xabar bergan edik. Mazkur holatlar yuzasidan Prokuratura o`rganish ishlarini o`tkazdi va rasmiy ma`lumot taqdim etdi.

Aniqlanishicha, 2022 yil 24 avgust kuni Quyichirchiq tumani "Paxtakor" mahallasida yashovchi 31 yoshli erkak S.X. oilaviy kelishmovchiliklar va rashk tufayli 24 yoshli turmush o`rtog`i M.X. bilan janjallashib, bolalarni ko`z oldida turmush o`rtog`ini urib, haqorat qilgan.

Bu holat yuzasidan Quyichirchiq tumani IIB tomonidan o`rganish ishlari boshlangan.

So`ngra, 2022 yil 25 avgust kuni S.X. qaynotasini uyiga eshikdan oshib tushib, oilaviy muammolar tufayli otasini uyida yashab kelgan turmush o`rtog`i M.X.ni yotoqxonasiga kirib, bo`yin sohasiga oshxona pichog`i bilan tan jarohati etkazib, hodisa joyidan yashiringan. Olgan tan jarohati oqibatida, ayol vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Xabarda  ta`kidlanishicha, gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan va Quyi Chirchiq tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar