Ko`chmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qo`yish xizmati – E-ijara ijara.soliq.uz saytida ishlamoqda. Davlat Soliq qo`mitasi ushbu xizmatdan foydalanish haqida batafsil axborot berdi.
Xizmatdan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va fuqarolar foydalanishi mumkin.
Tizimga ERI (elektron raqamli imzo) kaliti yordamida kiriladi.
Ijara shartnomasini hisobga qo`yish oynasi uchta asosiy bo`limdan iborat:
- Ijaraga beruvchi to`g`risida ma`lumot;
- Ijaraga oluvchi to`g`risida ma`lumot;
- Ijaraga berilayotgan ko`chmas mulk to`g`risida ma`lumot.
ERIdan foydalangan holda tizimga kirgandan so`ng “Ijaraga beruvchi to`g`risida ma`lumot” bo`limida ko`chmas mulk egasi – yuridik yoki jismoniy shaxs to`g`risidagi ma`lumotlar avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Ijaraga oluvchi:
- yuridik shaxs bo`lsa, STIR kiritiladi;
- jismoniy shaxs bo`lsa, JShShIR kiritiladi.
Ijaraga oluvchi haqidagi boshqa ma`lumotlar avtomatik shakllanadi.
Ijaraga beruvchi/oluvchi telefon raqamini va faoliyat yoki yashash manzilini boshqa hududda bo`lsa, qo`lda kiritish mumkin.
Ijaraga olingan ko`chmas mulk bo`limida ro`yxatdan o`tgan obektning kadastr raqamini ochiladigan ro`yxatdan tanlash lozim.
️Tizim Kadastr agentligi ma`lumotlar bazasi bilan integrasiyalashgan. Shuning uchun mulk joylashgan hudud, tuman, manzil va umumiy maydoni ko`rsatilgan qatorlar avtomatik shakllanadi.
Ijara holati (to`liq, qisman) va mulkdan foydalanish maqsadi ko`rsatilishi majburiy.
👉Agar ijara qisman bo`lsa, ijaraga olingan maydon ko`rsatilishi shart.
Tasdiqlash uchun yuborilgan ma`lumotlar quyidagicha aks etadi:
• IJARAGA BERUVChIda – “Ijaralar ro`yxati” oynasi ➡️ “Chiquvchi shartnomalar” ➡️ “Tasdiqlanishi kutilayotgan”;
• IJARAGA OLUVChIda - “Ijaralar ro`yxati” oynasi ➡️ “Kiruvchi shartnomalar” ➡️ “Tasdiqlanishi kutilayotgan”.
👉Agar IJARAGA OLUVChI ushbu ma`lumotni tasdiqlasa, ko`chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo`yilganligi to`g`risida maxsus QR-kodli Guvohnoma shakllanadi.
Ijara sanasining boshlanishi ro`yxatga qo`yish sanasidan boshlab 10 kun avvalgi sanadan oshib ketmasligi lozim (https://t.me/soliqnews/6861).