O`zbekiston ustaqilligining o`ttiz bir yillik bayrami arafasida Turkiyaning nufuzli ilmiy-ma`rifiy nashrlaridan biri — “Yeni Türkiye” (“Yangi Turkiya”) jurnalining mamlakatga bag`ishlangan maxsus soni chop etildi. O`zbekiston Jurnalistlar uyushmasi bu haqda xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, o`zbek va turk tillarida ikki jildda nashr qilingan jurnal maxsus sonida mamlakatimiz tarixi, yangi davri, “Yangi O`zbekiston — Uchinchi Renessans” g`oyasi, Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar dasturining asosiy maqsadlari, Konstitusiyaviy o`zgartishlarning mazmun-mohiyati, O`zbekistonning xalqaro munosabatlardagi o`rni hamda geosiyosiy va strategik ahamiyati haqidagi maqolalar jamlangan.
"O`zbek hamda turk davlat va jamoat arboblari, ziyolilari va olimlarining qalamiga mansub yuzga yaqin maqolalar o`rin olgan “Yangi Turkiya” jurnalining O`zbekistonga bag`ishlangan maxsus s haqida tadqiqot olib borayotgan turk tadqiqotchilari va talabalar uchun muhim manba bo`lishi shubhasiz",-deyiladi uyushma xabarida.






