2022-2023 o`quv yili uchun oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovlari natijalariga ko`ra, 190 375 nafar abiturient talabalikka tavsiya etildi. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.
Shundan
- 39 962 nafari — davlat granti;
- 150 413 nafari — to`lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.
Talabalikka tavsiya etilgan abiturientlarning ta`lim shakllari bo`yicha taqsimoti:
- Kunduzgi ta`lim shakli — 118 352 nafar;
- Sirtqi ta`lim shakli — 45 407 nafar;
- Kechki ta`lim shakli — 9 139 nafar;
- Masofaviy ta`lim shakli — 3 416 nafar.
Tanlov natijalariga ko`ra:
- davlat granti asosida o`rtacha ball — 121,2 ballni;
- to`lov-kontrakt asosida o`rtacha ball — 95,9 ballni tashkil etdi.






