Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda qora rangli “Lacetti” haydovchisi Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko`chasidagi ko`prik ustida mashinasini qarama-qarshi yo`nalish bo`ylab katta tezlikda haydab ketayotgani aks etgan videolar tarqalgan edi.
Toshkent shahar IIBB ushbu haydovchiga nisbatan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangani haqida xabar berdi.
Haydovchining aytishicha, yo`l qoidasini buzganligi uchun inspektor to`xtatgan paytda, undan qochaman deb, qarama qarshi tomonga chiqib qolganini bilmay qolgan. Qoidabuzar ma`muriy qamoq jazosini o`tash bilan birga, 600 ming so`m miqdorida jarima ham to`laydigan bo`ldi.






