AsosiyJamiyat

Xotin-qizlar biznes-loyihalarini moliyalashtirish uchun qo`shimcha 1 trillion so`m ajratiladi

'Xotin-qizlar biznes-loyihalarini moliyalashtirish uchun qo`shimcha 1 trillion so`m ajratiladi'ning rasmi

AOKAda o`tkazilgan brifingda Oila va xotin-qizlar davlat qo`mitasi axborot xizmati rahbari Nilufar Jumaeva xotin-qizlar tadbirkorligini qo`llab-quvvatlash va rivojlashtirish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar to`g`risida ma`lumot berdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda 17 mingdan ziyod tadbirkor ayollar faoliyat ko`rsatmoqda.  Yil boshidan 79 mingdan ziyod xotin-qizlar tadbirkor sifatida ro`yxatdan o`tgani yuqorida qayd etib o`tilgani kabi yaratilayotgan imkoniyatlar natijasidir.
 Xotin-qizlarning tadbirkorlik g`oyalarini qo`llab-quvvatlash maqsadida tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirish istagida bo`lgan xotin-qizlarga tijorat banklari mablag`lari va oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida jami 548 166 nafar imtiyozli kreditlar ajratildi.
Bundan tashqari, so`nggi uch yil va joriy yilning o`tgan 6 oyi davomida tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo`lgan va o`zini o`zi band qilmoqchi bo`lgan xotin-qizlarga faoliyatini boshlashi uchun kerak bo`lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish kabi maqsadlar uchun 57 427 nafar xotin-qizlarga davlat byudjetidan subsidiyalar berildi.
O`z mehnat va tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kasb-hunar va tadbirkorlikni o`rganish ishtiyoqida bo`lgan 388 874 nafar xotin-qizlar kasb-hunarga va tadbirkorlikka o`qitildi. Bu maqsadlar uchun 12 mlrd. so`mdan ziyod mablag` jalb etildi. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-4235-sonli qarori bilan tashkil etilgan “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari” tomonidan 154 085 nafar xotin-qizlar kasb-hunar va tadbirkorlikka o`qitilib, ularning 68 057 nafari bandligi ta`minlandi.
“Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari” tomonidan xotin-qizlarni ayniqsa olis va chekka hududlardagi istiqomat qiluvchi xotin-qizlarning qiziqishlari va ehtiyojlaridan kasb-hunar va tadbirkorlikka o`qitish qamrovini kengaytirish maqsadida markazlar faoliyatini takomillashtirish doirasida joriy yilning o`zida ularning 154 ta tuman (shahar)larda filiallari tashkil etildi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida xotin-qizlarning biznes-loyihalarini moliyalashtirish uchun 2022 yilda qo`shimcha 1 trillion so`m ajratiladi.
2022 yilda mazkur dastur doirasida ajratilayotgan mablag`larning jami 4 trillion so`m qismi tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug`ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan xotin-qizlarga yo`naltirilishi ta`minlanadi.
Xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni realizasiya qilishga ko`maklashish maqsadida O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda mahalliy va jahon logistika kompaniyalari bilan aloqalar o`rnatilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar