Toshkent aeroportida bojxonachilar tomonidan timsoh bolalarining noqonuniy olib o`tilishiga chek qo`yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Islom Karimov nomidagi Toshkent shahar xalqaro aeroportida O`zbekistonga timsoh bolalarini noqonuniy olib kirish holati aniqlangan. 54 bosh timsoh bolalari plastik idishlarda tashilgan, ularning ichida meva va sabzavotlar ham bo`lgan.
Tekshiruv davomida ushbu holat bojxonachilar tomonidan fosh etilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






