Xabaringiz bor, texnik nosozliklar tufayli "Ochiq byudjet" portalida ovoz berish vaqtincha to`xtatilgan edi.
Moliya vazirligining ma`lum qilishicha, "Ochiq byudjet" portalida ovoz berish jarayonlari qayta yo`lga qo`yilib, yo`qotilgan kunlarni inobatga olib, ovoz berish jarayoni 5 kunga uzaytirilgan holda
17 sentyabr soat 23:59 ga qadar davom etadi.
Vazirlikning ma`lum qilishicha, "Ochiq byudjet" axborot portalida profilaktika ishlari yakunlanganligi munosabati bilan 31 avgust soat 20:00 dan boshlab ovoz berish jarayonlariga qayta start berildi.
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so`ralgan holda “Tashabbusli byudjet” jarayonlari ishtirokchilariga minnatdorchilik bildiriladi, xabarda.
Mavsum doirasida fuqarolar tomonidan ilgari suriladigan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida respublika bo`ylab qariyb 1 trillion 62 mlrd. so`m mablag` yo`naltirilishi ko`zda tutilgan.






