1

Toshkentdagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi (foto)

Jamiyat 01.09.2022, 18:41
Teglar: Ozarbayjon, Madaniyat Markazi
Toshkentdagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi (foto)

Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bayram mehmonlari foyeda yaratilgan "Mustaqillikning 31 yilligi muborak, aziz O‘zbekiston" nomli kitob va fotosuratlar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.  

Tadbirda O‘zbek-Ozarbayjon Do‘stlik Jamiyati rahbariyati, mahalliy ozarbayjonlar, O‘zbekistonning madaniyat arboblari, ziyolilar, universitet o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Ishtirokchilarni Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov qutlab, ularni ushbu bayram bilan samimiy tabrikladi. Direktor O‘zbekistonning mustaqillik yillarida erishgan muvaffaqiyatlari haqida gapirdi. S. Abbasov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida so‘nggi yillarda siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan tub islohotlar haqida so‘z yuritdi.  

Shuningdek, direktor Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning 21-22 iyun kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrifi haqida gapirib, O‘zbekiston davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan samarali muzokaralar olib borilgani, hamkorlikni chuqurlashtirishga doir qator hujjatlar imzolanganini qayd etib,bu Ozarbayjon va O‘zbekiston hamkorligining yangi bosqichiga asos solganini ta'kidladi.  

S. Abbasov o‘z so‘zida: "Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan O‘zbekistonning yangi konsepsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Yangi O‘zbekiston esa yangi iqtisodiy munosabatlar, bu masalalarga yangicha qarash demakdir,"- deya ta'kidladi. Diplomat shuningdek, 44 kunlik Vatan urushi haqida ma'lumot berib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekiston bosqindan ozod qilingan Fuzuliy shaharida katta bir o‘rta maktab qurishni o‘z zimmasiga olganini va ta'lim muassasasini qurish loyihasi Ozarbayjon hukumatiga taqdim etilganini aytib o'tdii.  

O‘zbekiston-Ozarboyjon Do‘stlik Jamiyati Ijrochi direktori, professor Erkin Nuriddinov, O‘zbekiston Milliy Universiteti professori Nigina Shermuxammedova mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni kengaytirish, ilm-fan sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan tadbirlar haqida ma'lumot berdi.

Bayram tadbiri davomida Ozarbayjon Madaniyat markazidagi "Faxriy artist Kaykep Aliyeva nomidagi Ozarbayjon qizlari" raqs ansambli a'zolari Milliy raqslarimizni, Bokudan kelgan yosh xonanda Mehdi Hasanov, shuningdek, Rana Azizova, Yusif Aliyev, Timur Raxmanov va Davron Qodirovlar  Ozarbayjon va o‘zbek qo‘shiqlarini ijro etdilar.

Sharhlar

Ozarbayjon, Turkiya va Gruziya hamkorligi bo`yicha Boku deklarasiyasi imzolandi

18.03.2024, 10:30

Ozarbayjon, Turkiya va Gruziya tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi yakunlari bo`yicha Boku deklarasiyasi imzolandi.Bu haqda Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov Turkiya va Gruziya tashqi ishlar...
Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi Lochin yo`lida chegara posti tashkil etiladi

16.03.2023, 10:31

5 mart kuni Armaniston tomonidan sodir etilgan provokatsiya Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi Lochin yo‘lining so‘nggi nuqtasida chegara nazorat postini tashkil etish zarurligini yana bir bor ko‘rsatdi.Bu haqda...
Ozarbayjonda "Qora yanvar" fojiali voqealar qurbonlari yodga olindi

21.01.2023, 12:48

Ozarbayjonda 1990 yil 20 yanvardagi fojiali voqealar qurbonlarini yodga olindi. Shu kuni butun Ozarbayjonda bir daqiqalik sukut e`lon qilindi. Kemalar, mashinalar va poezdlar motam sadolarini...
Qorabog`da tinchlikparvar kuchlarning harakatsizligi fonida ekologik terror davom etmoqda

17.12.2022, 10:45

Bir necha kundan buyon Xonkendi-Lochin yo`lida Ozarbayjon fuqarolik jamiyati vakillarining “Qorabog`da ekologik terrorga yo`l yo`q” shiori ostida tinch aksiyasi o`tkazilmoqda.Hammasi Qorabog`da joylashgan Rossiya tinchlikparvar kuchlari,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1