AsosiyJamiyat

O`zbekistonda issiq qachon chekinishi ma`lum qilindi

'O`zbekistonda issiq qachon chekinishi ma`lum qilindi'ning rasmi

O`zbekistonda issiq havo to`lqini 7 sentyabr kuniga qadar saqlanadi. Bu haqda ”O`zgidromet” etakchi mutaxassisi Erkin Abdulahatov xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, 3-7 sentyabr kunlari O`zbekistonda issiq harorat to`lqini ob-havo holatini belgilaydi. Sinoptiklar 7 sentyabr kuniga qadar respublikada kunduz kunlari +40 darajagacha issiqlik kutilmalari bo`lishini prognoz qilishmoqda.

7 sentyabr Qoraqalpog`iston respublikasi va Xorazm viloyatiga shimoli-g`arbdan sovuq havo oqimi kirib kela boshlaydi va o`sha kuni harorat shimolda qariyib 10 darajaga pasayib, kunduz kunlari maksimal +30 darajaga etadi.


 

    Boshqa yangiliklar