Unga ko`ra, kelgusi etti kun mobaynida hamyurtlarimiz uchun quyidagi muzeylarga kirish bepul:
— O`zbekiston Davlat san`at muzeyi;
— Abdulla Qodiriy uy muzeyi;
— Yunus Rajabiy uy muzeyi;
— O`rol Tansiqboev uy muzeyi;
— Tamaraxonim uy muzeyi;
— Sergey Esenin uy muzeyi.
Ta`kidlash kerakki, hamyurtlarimiz bir hafta davomida muzeylarga tashrif buyurib, milliy muzey fondiga kiritilgan ashyolar va kolleksiyalar bilan tanishishlari mumkin.
Ma`lumot uchun, «Muzeylar haftaligi» tadbiri Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 12 apreldagi 68-son qarori 8-ilovasidagi nizomga ko`ra har yili 2–8-sentyabr kunlari o`tkazilishi belgilab qo`yilgan.
Eslatib o`tamiz, har oyning birinchi yakshanbasida ham muzeylarda «ochiq eshiklar kuni» o`tkazilmoqda.






