AsosiyJamiyat

Amir Temur maqbarasini ta`mirlash boshlandi

'Amir Temur maqbarasini ta`mirlash boshlandi'ning rasmi

Samarqand shahrida joylashgan “Amir Temur” majmuasida gumbaz va devor old qismi, galereyaning pol qismlari va peshtoq mukarnaslarini qayta ta`mirlash uchun 3 mlrd so`m mablag` ajratildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar bermoqda.

Restavrasiya ishlari yaqinda Samarqandda o`tkazilajak Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a`zo davlatlar rahbarlarining navbatdagi sammiti munosabati bilan amalga oshirilayotgani qayd etilgan.

“Tegishli tashkilotlar tomonidan ushbu yodgorlikda restavrasiya ishlarini bajarish maqsadida ilmiy asoslangan xulosalar yordamida loyiha takliflari ishlab chiqilgan hamda Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashida ma`qullangan”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, VI asrlik tarixga ega Buyuk sarkarda sag`anasini Madaniy meros agentligi nazorati ostida restavrasiya qilish uchun malakali usta-restavrator, xattot, olim, injenerlar va boshqa soha mutaxassislari jalb etilganligi aytilmoqda.

Ma`lumot uchun, Amir Temur maqbarasini restavrasiya qilish ishlari bundan yarim asrdan ziyod vaqt oldin, ya`ni 1941 yilda amalga oshirilgan bo`lib, 1996 yilda qisman ta`mirlash ishlari olib borilgan.

    Boshqa yangiliklar