FIDE sentyabr oyi uchun reytingini yangiladi. Unga ko`ra, Nodirbek Abdusattorov 2713 ochko bilan 30-o`rindan joy egallagan.
U o`tgan oydagi reytingda 64-o`rinda edi. Butunjahon shaxmat olimpiadasi va Turkiya superligasidagi qimmatli ochkolar shaxmatchiga ilk marta 2700+ darajaga erishish imkonini bergan.
Shuningdek, O`zbekistondan yana 3 nafar shaxmatchi kuchli yuztalikdan o`rin olgan. Bular Rustam Qosimjonov 2670 ochko bilan 72-o`rinda, Nodirbek Yakubboev 2656 ochko bilan 89-o`rinda, Javohir Sindorov 2651 ochko bilan 92-o`rinda bormoqda.






