AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin

'Bugun O`zbekistonning ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin'ning rasmi

"O`zgidromet" markazining xabar berishicha, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. 

Cho`l hududlarda ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati 34-39° ni tashkil etadi.  

Poytaxtimizda havo kam bulutli bo`ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Maksimal harorat 36-38° bo`ladi.  

Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 27-32° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar