1

Olimlari bel og`rig`idan tez va oson xalos bo`lish imkonini beruvchi yangi davolash usulini topdi

Salomatlik 04.09.2022, 08:54
Olimlari bel og`rig`idan tez va oson xalos bo`lish imkonini beruvchi yangi davolash usulini topdi

Dunyoda bel og`rig`idan aziyat chekuvchi bemorlar ko`p. Ammo turli muolajalarga qaramay, bu darddan to`liq xalos bo`la olmayotganlar, afsuski, oramizda kam emas.

Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels universiteti olimlari bu muammodan tez va oson xalos bo`lish imkonini beruvchi yangi davolash usulini topdi. Bu haqda  Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

U maxsus “miya mashg`ulotlari”ni o`z ichiga oladi.

Tadqiqotchilar fikricha, “Plasebo effekti” deb nomlangan bu usul bel og`rig`ini an`anaviy davolash, ya`ni uqalash muolajalari va dori-darmonlar terapiyasiga nisbatan ancha yuqori natija beradi. Chunki muammoning ildizi ko`pincha belda emas, markaziy asab tizimidadir.  

O`tkazilgan tajribada bel og`rig`idan aziyat chekayotgan bemorlar ikki guruhga bo`lindi. Birinchi guruh 12 hafta davomida manual terapiyani qabul qildi.  

Qolganlar esa yangi usuldagi maxsus “miya mashg`ulotlari” kursidan o`tdi. Yakunda ikkinchi guruh eng yaxshi natijani qayd etib, bemorlar bel og`riqlaridan xalos bo`ldi.  

Tajriba mualliflarining ta`kidlashicha, bu texnologiya suyak va mushaklar yoki orqa miya disklari bilan bog`liq muammolarni bartaraf etishga qaratilmagan. Balki markaziy asab tizimi bilan ishlashga asoslangan.

To`g`ri, og`riqlarning sabablari ko`p bo`lishi mumkin. Har bir holat, albatta, o`ziga xos yondashuvni talab qiladi. Ammo bunday omillar orasida davomli stress eng keng tarqalgani. Og`riq sindromi mushaklarda spazm paydo bo`lishi tufayli yuzaga keladi, bu esa normal qon aylanishiga halaqit beradi.  

Nofaol turmush tarziga ega hamda kamharakat kishilar bunday kasalliklarga ko`proq moyil. Shu bois, tadqiqotchilar “yangi usul tibbiyotda katta samara beradi”, degan xulosada.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1