Boshlangan haftada Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida bir qancha tadbirlar rejalashtirilgan. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov jurnalistlar uchun bo`lib o`tgan brifingda ma`lum qildi.
Xususan, hafta davomida davlat rahbari ishtirokida:
- Parlamentlararo Ittifoqqa a`zo davlat parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammiti ishtirokchilari bilan uchrashuv;
- Shanhay hamkorlik tashkilotining Samarqand shahrida bo`lib o`tadigan oliy darajadagi Sammitiga tayyorgarlik yuzasidan taqdimotlar bo`lib o`tadi.
Bundan tashqari, Prezidentimiz mamlakatimizni iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga bag`ishlanagan bir qator muhokamalarni o`tkazadilar.






