Afg`onistondagi Rossiya elchixonasi yonida 5 sentyabr kuni xudkush terrorchi o`zini portlatib yuborgandi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mazkur hodisaga munosabat bildirdi.
Vazirlik Kobuldagi teraktda diplomatik missiyaning ikki nafar rossiyalik xodimi halok bo`lganini tasdiqlagan. Hozirda 11 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Mahalliy jurnalistlarning so`zlariga ko`ra, xudkush terrorchi elchixona qo`riqchilari oldiga bormoqchi bo`lgan, ammo ulgurmagan.
"5 sentyabr kuni Kobul vaqti bilan soat 10:50 da Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi konsullik bo`limiga kirish joyi yaqinida noma`lum jangari portlovchi moslamani ishga tushirgan. Hujum oqibatida diplomatik missiyaning ikki xodimi halok bo`ldi, qurbonlar orasida Afg`oniston fuqarolari ham bor", deyiladi xabarda.
Kobuldagi portlashda ikkinchi kotib Mixail Shoh, shuningdek, qo`riqchi halok bo`lgan. Elchixona Afg`oniston xavfsizlik xizmatlari bilan yaqin aloqada, ular tergov olib bormoqda.






