Rossiya Federasiyasida xizmat safarida bo`lgan Farg`ona viloyati IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) ko`rsatilgan jinoyatni sodir etib, Qo`qon shahar IIB tomonidan qidiruv e`lon qilingan A.I ismli ayolni Moskva shahrida qo`lga olishdi. Bu haqda Farg`ona IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma`lumotga ega bo`lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo`limlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta`minlanadi“, - deya fuqarolarga murojaat qilgan Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati.






