AsosiyJamiyat

80 ming gektar maydon paxta va g`alladan qisqartirilib, aholiga bo`lib berildi – Prezident

'80 ming gektar maydon paxta va g`alladan qisqartirilib, aholiga bo`lib berildi – Prezident'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta`minlash va zaxirasini yaratish masalalari yuzasidan videoselektor yig`ilishi boshlandi.

"Iqlimning keskin o`zgarayotgani, ko`p davlatlarda qurg`oqchilik bo`lgani oqibatida butun dunyoga oziq-ovqat etishmovchiligi xavf solmoqda.

Xalqaro maydondagi vaziyat tufayli global ishlab chiqarish zanjirlarining uzilishi, logistikadagi muammolar sababli ko`pchilik davlatlar oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga cheklovlar qo`yayotganini ham ko`rib turibsizlar.

Viloyat, tuman va shahar hokimlari bunday sharoitda o`z hududida ichki talabni to`liq ta`minlash va eksportni oshirish bo`yicha imkoniyatlarini hisob-kitob qilishi shart.  

Lekin, hali ko`p hokimlar buni tushunib etmayapti", — dedi davlatimiz rahbari so`zining avvalida.  

Bu yil 80 ming gektar maydon paxta va g`alladan qisqartirilib, aholiga bo`lib berildi. Bugun imzolangan Prezident qaroriga ko`ra, yil yakuniga qadar yana 20 ming gektar ekin maydoni aholiga bo`lib beriladi. Kelgusi yilda 100 ming gektar ekin maydoni aholiga tanlov asosida ajratiladi. Buning hisobiga, 1 million 200 ming nafar aholini band qilish uchun sharoit yaratiladi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar