AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda zaxiraga qaytarilgan 30 ming gektardan ziyod er maydoni davlat mulki sifatida ro`yxatdan o`tkazildi

'Qashqadaryoda zaxiraga qaytarilgan 30 ming gektardan ziyod er maydoni davlat mulki sifatida ro`yxatdan o`tkazildi'ning rasmi

Qashqadaryoda yil boshidan buyon zaxiraga qaytarilgan 30 ming gektardan ziyod er maydonlari davlat mulki sifatida davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi matbuot xizmati "darakchi.uz"ga xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyatida bugungi kunga qadar viloyat hokimining tegishli qarori bilan 30 041 gektar er maydonlari zaxiraga qaytarilib, 28 412 gektari ochiq elektron tanlovlarga chiqarilgan. Zaxiraga qaytarilgan er maydonlari Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan davlat mulki sifatida davlat ro`yxatidan o`tkazilib,er maydonlariga kadastr hujjatlari tayyorlangan.  

Qayd etilishicha, ochiq elektron tanlovga chiqarilgan erlarning 8 158 gektari 18 300 nafar jismoniy shaxslarga dehqon xo`jaligi tashkil etish uchun, 6 205 gektari 227 nafar yuridik shaxslarga qishloq xo`jalik ekinlari etishtirish uchun ijara huquqi asosida ajratib berilgan.

Ma`lumot uchun, noqishloq er maydonlari faqat ausion orqali sotilishi belgilangan bo`lib, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 fevraldagi "Qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan er uchastkalarini xususiylashtirish to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora tadbirlari haqidagi 71-sonli qarori qabul qilinishi natijasida er maydonlari faqat ochiq ausion orqali xususiy mulk sifatida sotiladigan yoki ijaraga beriladigan bo`ldi. Mazkur qaror ijrosini ta`minlash maqsadida tadbirkorlik maqsadlari uchun "Erelektron" avtomatlashtirilgan axborot tizimiga bugungi kungacha 238 gektardan iborat 6 501 ta er uchastkalari joylashtirilgan bo`lib, shundan tadbirkorlik maqsadlari uchun 3 081 ta (65 ga) er uchastkalari mulk va ijara huquqi asosida ausion savdolariga chiqarildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar