AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati rahbari o`rinbosari Samandar Hikmatullaev suvda cho`kish bilan bog`liq hodisalarning oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlar haqida ma`lumot berdi.
Baxtsiz hodisalar 51 holatda cho`milish taqiqlangan, ruxsat etilmagan, cho`milish uchun sharoit bo`lmagan, xavfli suv havzalarida cho`milganlik oqibatida, 85 holatda esa ehtiyotsizlik natijasida yuzaga kelgan.
Eng achinarlisi, ushbu cho`kkanlarning 45,3% voyaga etmaganlar to`g`ri keladi.
Ehtiyotsizlik oqibatida yuzaga kelgan 85 kishining cho`kishi daryolar, kanallar hamda ariqlarning ustidagi suv, gaz, chiqindi oqava suv quvirlaridan yo`lni qisqartirish maqsadida ko`prik sifatida foydalanib o`tishlari hamda suv xavzalari qirg`oq bo`ylarida xavfsizlik qoidalariga rioya etmaganliklari sababli yuz bergan.






