Ayni paytda AOKAda Xalq ta`limi vazirligi faoliyati bilan bog`liq keng muhokamalarga sabab bo`layotgan dolzarb masalalar yuzasidan matbuot anjumani bo`lib o`tmoqda. Unda ishtirok etayotgan Darakchi muxbiri mutaxassislarga ushbu savol bilan murojaat qildi.
Temur Komilov, Xalq ta`limi vaziri o`rinbosarining ta`kidlashicha, maktab darsliklari hozircha faqat bu yil uchun bepul bo`ladi. Darsliklar qiymati, 500 mlrd. so`mga yaqin pul davlat byudjetidan to`lab beriladi.
Keyingi o`quv yillari uchun darsliklarning bepul bo`lish-bo`lmasligi komissiya o`rganishlaridan keyin ma`lum qilinadi.






