AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida farzandlarini Labo yukxonasida olib yurgan erkakka chora ko`rildi (video)

'Toshkent viloyatida farzandlarini Labo yukxonasida olib yurgan erkakka chora ko`rildi (video)'ning rasmi

Toshkent viloyatida erkak 6 sentyabr kuni farzandlarini Labo yukxonasiga o`tqazib, maktabga olib borib qo`ydi. Shundan so`ng haydovchiga nisbatan tegishli chora ko`rildi.

Ushbu holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, viloyat yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan qidiruv ishlari olib borilgan va erkak shaxsi aniqlangan. U bilan olib borilgan suhbatda ma`lum bo`lishicha, maktab masofasi uzoq ekani va u tomonga transport qatnamasligi sababli erkak farzandlarini maktabga tashlab qo`yish uchun ketayotgan bo`lgan. Mashinadagi yo`lovchi uchun mo`ljallangan o`rinda o`z otasi ketayotgani sababli 2 farzandini yukxonada olib ketishga qaror qilganini bildirgan.

Erkak bilan profilaktik suhbat olib borilgach, holat yuzasidan ma`muriy bayonnoma rasmiyashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar