AsosiyJinoyat

Andijonda fuqarolarning pullarini firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirgan shaxs qamoqqa olindi

'Andijonda fuqarolarning pullarini firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirgan shaxs qamoqqa olindi'ning rasmi

Bundan biroz avval ijtimoiy tarmoqlarda “Andijonda yana bir tadbirkorni bo`yniga 800 mln. so`m ilinmoqda” nomli murojaat tarqaldi va mas`ullar holat yuzasidan o`rganish ishlarini olib borishdi. 

Andijon viloyat prokuraturasining ma`lum qilishicha, fuqaro A.Sh. o`zgalarning juda ko`p miqdordagi pul mablag`larini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi holati bo`yicha 19.03.2022 yilda Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, Qo`rg`ontepa tuman IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilgan. 

Tergov davomida fuqaro A.Sh. ish bo`yicha ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb etilib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilgan va  jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan 21.05.2022 yilda jinoyat ishlari bo`yicha Qo`rg`ontepa tuman sudiga yuborilgan.

Sudning 15.08.2022 yildagi hukmiga ko`ra, fuqaro A.Sh. ga nisbatan 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar