AsosiyJamiyat

Tramp xorijiy davlatning yadroviy salohiyati haqidagi hujjatlarni saqlagani ma`lum bo`ldi

'Tramp xorijiy davlatning yadroviy salohiyati haqidagi hujjatlarni saqlagani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning uyidagi tintuvda xorijiy davlatning yadroviy salohiyatiga oid hujjatlar topildi. Bu haqda "The Washington Post" xabar berdi.

Vaziyatdan xabardor manbalarga ko`ra, federal qidiruv byurosi agentlari tintuv paytida xorijiy hukumatning harbiy mudofaasini, jumladan, yadroviy imkoniyatlarini tavsiflovchi hujjatlarni aniqlagan.

Topilgan ba`zi materiallarda Amerikaning o`ta maxfiy operasiyalari shu qadar batafsil tasvirlanganki, hatto yuqori martabali milliy xavfsizlik amaldorlari ham ularni ko`rmagan. Bu ma`lumotlardan faqat prezident va ma`muriyat amaldorlarining cheklangan doirasi foydalanishi mumkin.

Xabarda aytilishicha, 8 avgust kuni tintuv chog`ida agentlar xorijiy davlatning yadroviy tayyorgarligi to`g`risidagi hujjatlarni topgan. Gap qaysi davlat haqida ketayotganiga aniqlik kiritilmagan.

Trampning Floridadagi Mar-a-Largo mulkiga avgust oyi boshida rasmiy materiallardan noqonuniy foydalanish, o`g`irlash va yo`q qilish ishi doirasida tintuv o`tkazilgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari yuzga yaqin turli darajadagi maxfiy hujjatlarni topgan. Trampning o`zi yadro quroliga oid maxfiy hujjatlarga ega ekani haqidagi ma`lumotlar haqiqatga to`g`ri kelmasligini aytgandi.

    Boshqa yangiliklar