AsosiyJamiyat

O`zbekistonda qadimiy yozma manbalar reestri yuritiladi

'O`zbekistonda qadimiy yozma manbalar reestri yuritiladi'ning rasmi

Hukumat qarori (498-son, 06.09.2022 y.) bilan Qadimiy yozma manbalar davlat reestri to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda. 

Nizomga muvofiq, davlat reestri qadimiy yozma manbalarni hisobga olish va ularning saqlanishini nazoratga oluvchi hujjat hisoblanadi.

Davlat reestri elektron va bosma ko`rinishda O`zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi tomonidan yuritiladi.

 Davlat reestriga kiritilgan manbalarga oid ma`lumotlar jamoatchilik uchun ochiq bo`lib, unga 1950 yilgacha yaratilgan yozma yodgorliklar, tarixiy hujjatlar va chop etilgan toshbosma nashrlar kiritiladi.

Muzeylar, kutubxonalar va barcha davlat tashkilotlari o`zlaridagi yozma manbalarga oid ma`lumotlarni O`zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markaziga majburiy tartibda, boshqa shaxslar esa ixtiyoriy asosda taqdim qiladi.

 Yozma manba ro`yxatdan o`tkazilganda guvohonma beriladi.

Yozma manbalar o`g`irlanganda, yo`qotilganda 1 ish kunida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va O`zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markaziga xabar berilishi kerak.

    Boshqa yangiliklar