AsosiyDunyo

Qozog`iston Birinchi Prezident kunini davlat bayramlari ro`yxatidan chiqarishni rejalashtirmoqda

'Qozog`iston Birinchi Prezident kunini davlat bayramlari ro`yxatidan chiqarishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

Qozog`iston Birinchi Prezident kunini davlat bayramlari toifasidan chiqarib tashlashni rejalashtirmoqda. “Kinematografiya va madaniyat masalalari bo`yicha ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonun loyihasiga parlament deputatlari shunday taklif bilan chiqishgan. 

Xabarda aytilishicha, 1-dekabr – Birinchi Prezident kunini nishonlashni Davlat ramzlari kuni, Shukronalik kuni va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan muhim sanalarga o`xshatib belgilash taklif etilmoqda.

Bundan tashqari, deputatlar Prezident topshirig`iga asosan Milliy Qurultoy yig`ilishida “Qozog`iston Respublikasida bayramlar to`g`risida”gi qonunga 25 oktyabrni milliy bayram (Respublika kuni) sifatida belgilovchi o`zgartirishlar kiritishgan. 16 dekabr davlat bayrami (Mustaqillik kuni) sifatida belgilangan.

Qozog`istonda Birinchi Prezident kuni 2012 yildan buyon har yili 1 dekabr kuni nishonlanadi. 5 iyun kuni Qozog`iston xalqi referendumda Qozog`istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboevni Elboshi maqomidan mahrum qilish uchun ovoz berdi.

    Boshqa yangiliklar