AsosiyJamiyat

Super-kontrakt bo`yicha ayrim tartiblar tasdiqlandi

'Super-kontrakt bo`yicha ayrim tartiblar tasdiqlandi'ning rasmi

Davlat qabul komissiyasi qarori bilan super-kontrakt bo`yicha qo`shimcha tartiblar belgilandi.

Unga ko`ra, abiturient o`zi tanlagan birinchi yo`nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo`nalishlardan biriga o`qishga kirgan bo`lsa, o`z xohishi bilan birinchi tanlagan yo`nalishida super-kontraktda o`qishiga ruxsat beriladi.

Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo`nalishga taalluqli emas. Ya`ni beshinchi yo`nalishga o`qishga kirgan abiturient ikkinchi yoki to`rtinchi yo`nalishni tanlab super-kontrakt qila olmaydi, faqat birinchi yo`nalishga qilishi mumkin.

Shuningdek, tanlagan beshala yo`nalishiga ham o`qishga kira olmagan abiturientlar istalgan beshta yo`nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o`qishiga ruxsat beriladi.

Abiturientlar kontrakt.edu.uz saytiga kirib, ariza qoldirishlari mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar