AsosiyJamiyat

Samarqand — Toshkent — Samarqand yo`nalishida qo`shimcha "Afrosiyob" poezdlari yo`lga qo`yiladi

'Samarqand — Toshkent — Samarqand yo`nalishida qo`shimcha "Afrosiyob" poezdlari yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

"O`zbekiston temir yo`llari" kompaniyasining ma`lum qilishicha, ushbu qo`shimcha qatnov 14 — 18 sentyabr Samarqand shahrida o`tkazilishi belgilangan ShHT a`zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig`ilishi sabab yo`lovchilar uchun qo`shimcha qulaylik yaratish maqsadida yo`lga qo`yilmoqda.

767/768-sonli "Samarqand — Toshkent — Samarqand" yo`nalishida "Afrosiyob" yuqori tezlikdagi elektropoezdlarining harakati  12 sentyabr kunidan 18 sentyabrgacha 7 ta reysga yo`lga qo`yiladi va quyidagi vaqt oralig`ida harakatlanadi.  

  • 767-sonli "Samarqand — Toshkent" yo`nalishidagi poezd "Samarqand" vokzalidan soat 11:08da jo`nab, "Toshkent-Markaziy" vokzaliga soat 13:18da etib boradi.

 

  • 768-sonli "Toshkent — Samarqand" yo`nalishidagi poezd "Toshkent-Markaziy" vokzalidan 13:40da jo`nab, "Samarqand" vokzaliga soat 15:48da etib boradi.

 

 

    Boshqa yangiliklar