1

Bolgariyada bo`lib o`tgan X xalqaro kinofestivalda o`zbek ijodkorlari bir nechta g`oliblikni qo`lga kiritdi

Madaniyat 08.09.2022, 12:44
Bolgariyada bo`lib o`tgan X xalqaro kinofestivalda o`zbek ijodkorlari bir nechta g`oliblikni qo`lga kiritdi

Bolgariya Respublikasi poytaxti Sofiya shahrida Bolgariya kino akademiyasi va Internet kommunikasiya agentligi tomonidan o`tkazilgan X xalqaro kinofestivalda O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasini O`zbektelefilm davlat muassasasi ham munosib ishtirok etib, bir qator yutuqlarni qo`lga kiritdi. Bu haqda milliy teleradiokompaniya bosh direktori Alisher Xodjaev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, "Chegaradagi qishloq" seriali rejissyori Ergash Mo`minov rejissyorlik ishi bo`yicha Gran-priga loyiq ko`rildi. Shuningdek, Chegaradagi qishloq seriali ssenariy muallifi Nazar Eshonqulov "Eng yaxshi ssenariylik ishi" va serial operatori Avaz Tillaev "Eng yaxshi operatorlik ishi" nominasiyalarila g`olib bo`lishdi.

Bundan tashqari, "Jinoyat jazosiz qolmaydi" seriali rejissyori Akmal Ibragimov rejissyorlik yo`nalishi bo`yicha maxsus mukofotga ega bo`ldi.

Shu bilan birga, "Muhabbat liboslari" seriali mualliflari Sanam Rajabova, Nargiza Usenbaeva va Nazar Eshonqulovlar maxsus mukofotga munosib ko`rildi. Ma`lumot uchun, "Muhabbat liboslari" seriali mualliflaridan biri Nargiza Usenbaeva "Darakchi" gazetasida uzoq yillar faoliyat olib borgan va hozirda ham ijodkor o`z hikoyalarini gazeta sahifalarida muntazam berib boradi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1