Andijon viloyati Asaka shahri Asaka avtomobil zavodi bilan butun respublikaga nom taratgan. Avtomobil sanoati O`zbekiston iqtisodiyotida etakchi o`rinlardan birini egallaydi. Bu haqda “UzAuto Motors” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bu sohada mamlakat alohisining salmoqli qismi ish bilan bandligi ta`minlangan. Avtomobilsozlikdagi bitta ish o`rni turdosh sohalarda 7-8 ta ish o`rnini yaratadi. Bugungi kunda zavodning ishlab chiqarish hajmi 300 000 ming dona avtomobil bo`lib, ushbu quvvat kundan kunga ortib bormoqda.
Qolaversa, xabaringiz bor, O`zbekiston Respublikasi rahbarining topshirig`iga binoan kompaniyaning boshqaruv va ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich tranformasiya qilish doirasida, GM GEM (General Motors Global Emerging Markets) platformasida yangi Chevrolet Tracker va Onix avtomobil modellarini ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish amalga oshirildi.
“Korxonada ishlab chiqarish hajmining bosqichma-bosqich oshirilishi, yangi GM platformasida Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarini yig`ishning boshlanishi minglab yangi ish o`rinlari, yangi ishchi kuchiga bo`lgan talabni keltirib chiqarmoqda.”– deydi UzAuto Motors xodimlarni boshqarish direksiyasi rahbari Ilhom Tairov.






