1

Maymun chechagi keltirib chiqarayotgan og`ir asoratlar ma`lum qilindi

Salomatlik 12.09.2022, 11:08
Maymun chechagi keltirib chiqarayotgan og`ir asoratlar ma`lum qilindi

Maymun chechagi virusi qisqa muddatda dunyoning katta qismida tarqalib ulgurdi. Ayniqsa, Amerika, Evropa va Afrika qit`alarida kasallikdan aziyat chekayotganlar ko`p. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, hozir bu infeksiyaga xos asosiy belgilar ko`pchilikka ma`lum. Ya`ni xastalik toshma, isitma, charchoq, bosh, tomoq va mushaklar og`rig`i, qusish, diareya kabi alomatlar bilan namoyon bo`lmoqda. Ammo virus keltirib chiqarishi mumkin bo`lgan og`ir asoratlar xususida hali etarlicha ma`lumotga ega emasmiz. Vaholanki, bu bemorlar hayotini uzaytirish va salomatligini tiklashda juda muhim.  

Shundan kelib chiqib, Buyuk Britaniya olimlari maxsus tadqiqot o`tkazdi. Unga mazkur kasallikka chalingan 1,5 ming nafardan ortiq kishi jalb qilindi.  

Metaanaliz natijalari shuni ko`rsatdiki, maymun chechagi bemorlarda tutqanoq, xotira yo`qolishi va ensefalit kabi tipik bo`lmagan miya asoratlarini keltirib chiqarishi mumkin.

Tadqiqot davomida ishtirokchilardan 2,7 foizi tutqanoq, 2,4 foizi xotira yo`qolishi va 2 foizi ensefalitdan aziyat chekayotgani aniqlandi. Shuningdek, bemorlarning yarmidan ko`pi depressiyadan shikoyat qilgan.  

Mutaxassislar fikricha, garchi maymun chechagining og`ir nevrologik asoratlari kam kuzatilsa-da, biroq uning oqibatlari shifokorlarni jiddiy tashvishga soladi. Demak, mazkur yo`nalishda qo`shimcha tadqiqotlar olib borish zarur.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1