1

Mashhur britaniyalik aktrisa va prodyuser O`zbekistonda o`tkaziladigan kinofestivalning faxriy mehmoni bo`ladi

Madaniyat 12.09.2022, 14:22
Mashhur britaniyalik aktrisa va prodyuser O`zbekistonda o`tkaziladigan kinofestivalning faxriy mehmoni  bo`ladi

13-18 sentyabr kunlari O`zbekiston butun dunyo ommaviy axborot vositalarining nishoni ostida bo`ladi. Chunki shu kunlarda “Ipak yo`li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali bo`lib o`tadi. Kinofestivalning faxriy mehmonlaridan biri – britaniyalik  aktrisa Mamta Kaashdir, deyiladi Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabarida.  

Kaash BBCning “Baxtsiz hodisa” dramasidagi roli bilan mashhur, “Farishtalar” filmida Nargis Xon rolini rolini o`ynagan. Shuningdek, Mamta Britaniyaning “Lord Mountbatten: The Last Viceroy” serialida Gandining asrab olingan qizi rolini ijro etgan.

 Mamta Kaash aktyorlikdan tashqari prodyuser sifatida ham mashhur. 2013 yilda rejissyor Garet Jons bilan birgalikda suratga olishgan “Hayrat” filmi Moskva xalqaro kinofestivali mukofoti bilan taqdirlangan.

Mamta Kaash 1989 yilda Kann xalqaro festivalida “Eng yaxshi aktrisa” nominasiyasi bo`yicha mukofotni qo`lga kiritgan

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1