1

O`zbekistondagi kinofestivalning ochilish marosimida afsonaviy amerikalik aktyor Armand Assante boshlovchilik qiladi

Madaniyat 12.09.2022, 16:47
O`zbekistondagi kinofestivalning ochilish marosimida afsonaviy amerikalik aktyor Armand Assante boshlovchilik qiladi

Bu yilgi “Ipak yo`li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivaliga dunyoning taniqli kinoijodkorlari tashrif buyurishadi. Ishtirokchilar qatorida afsonaviy amerikalik aktyor Armand Assante ham bo`lib, u nafaqat kinofestivalning faxriy mehmoni, balki ochilish marosimining boshlovchsi ham bo`ladi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

 Kinoyulduz Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o`tkaziladigan ijodiy uchrashuvlar va matbuot anjumanlarida ham ishtirok etadi. 

Mashhur gangsterlarning bir qator rollari Armand Assanteni o`zining afsonaviy hamkasblari qatori Gollivudning sevimli aktyoriga aylantirdi. U Ridli Skott, DJ Karuzo, Denni DeVito va Andrey Konchalovskiylarning filmlaridagi rollari, shuningdek Metyu Makkonahi, Al Pachino, Jek Nikolson, Alek Baldino va Silvestr Stallone kabi Gollivud kino ustalari bilan bir maydonda faoliyat olib borgani bilan ham mashhurdir.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1