AsosiyDunyo

Iqlim o`zgarishlari ijtimoiy tarmoqlarda nafrat tuyg`usini kuchaytirmoqda — AQSh tadqiqotchilari

'Iqlim o`zgarishlari ijtimoiy tarmoqlarda nafrat tuyg`usini kuchaytirmoqda — AQSh tadqiqotchilari'ning rasmi

Olimlarga ko`ra, harorat bilan bog`liq ob-havo o`zgarishlari va tarmoqlardagi kayfiyat o`rtasida aniq bog`liklik bor.

Ijtimoiy tarmoqlarda g`azabkor so`zlarning ko`proq ishlatilishi past va yuqori harorat kuzatilishi ortidan ham ko`payadi, deb yozadi Thelancet jurnali.  Amerikalik tadqiqotchilar  2014 yildan 2020 yil oralig`ida ijtimoiy tarmoqlardagi tarmoq vakillarining 4 milliardgacha geolokasiyalangan tvit xabarlariga ta`nib shu xolosaga kelishgan.

Tadqiqotda insonlarda nafaqat iqlim anomaliyalari tufayli tajavuzkor kayfiyat, balki jismoniy zo`riqish, jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar ham asosiy o`rinni egallashi tilga olingan.  

Ular tarmoqlarda dunyo aholisining  60 % i foydalaniyotganini inobatga olib, hukumatlarni internet olamidagi tajavuzkor kayfiyatga e`tiborsiz qaramaslikka chaqirgan. 

Ma`lum bo`lishicha, Ijtimoiy tarmoqlarda nafratga asoslangan izohlar ruhiy salomatlikka salbiy ta`sir ko`rsatishi, tashvish, ruhiy kasalliklarni keltirib chiqarishi, ba`zan o`z joniga qasd qilishga olib kelishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar