Evropa Ittifoqining to`qqiz davlati rossiyalik sayyohlardan turistik viza olish uchun hujjatlarni qabul qilmayapti. Bu haqda Rossiya Turoperatorlari uyushmasi ma`lum qildi.
“Latviya, Litva, Estoniya, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Daniya, Belgiya va Niderlandiya endi sayyohlardan hujjatlarni qabul qilmaydi”, deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, uyushma ayrim davlatlar ruslarga viza berishda davom etayotganini qayd etgan. Masalan, Italiya, Ispaniya, Gresiya, Fransiya, Vengriya Shengen vizasi uchun hujjatlarni qabul qilishni, Kipr esa milliy viza berishni davom ettirmoqda.
Biroq, bozor ishtirokchilarining fikriga ko`ra, turli sabablarga ko`ra (masalan, konsullik xodimlarining qisqarishi tufayli) ruslar tomonidan viza olish uchun arizalarni ko`rib chiqish vaqti aslida Evropa Ittifoqi bilan soddalashtirilgan viza rejimi bekor qilinishidan oldin ham ko`paygan.
Qayd etilishicha, xujjatlarni ko`rib chiqish uchun o`rtacha to`rt hafta vaqt ketadi. Ammo vaziyat konsulliklar orasida farq qiladi. Masalan, Moskvadagi Vengriya konsulligi o`rtacha 15 kalendar kunida, Gresiya konsulligi esa 2,5 haftada viza beradi. Shu bilan birga, individual sayyohlar 5 kun ichida Gresiya konsulligida barcha protseduralardan o`tishgan.






