Buyuk Britaniya hukumati Elizaveta II ning dafn marosimiga Rossiya, Belarus va Myanma vakillarini taklif qilmadi. Bu haqda “The Guardian” nashriga tayanib "Zamon" sayti yozmoqda.
19 sentyabr kuni Londonda qirolichaning dafn marosimiga dunyoning turli burchaklaridan 500 ga yaqin yuqori martabali amaldorlar kelishini kutilmoqda. Bu qirollik uchun so`nggi o`n yillikdagi eng yirik diplomatik tadbir bo`ladi. Rasmiylarning ta`kidlashicha, bir necha kun ichida ular yuzlab davlat tashriflarini qabul qilishni tashkil qilishlari kerak.
Xorijlik mehmonlar Vestminster abbatligiga avtobusda olib kelinishi e`lon qilingan. Faqat AQSh prezidenti Jo Bayden kabi alohida himoyalangan shaxslar bundan mustasno.
Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 9 sentyabr kuni Vladimir Putinning qirolicha dafn marosimiga shaxsiy tashrifi ko`rib chiqilmayotganini aytgandi.






