1

"O`zbekfilm"da Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filialining talabalari kechasi o`tkazildi

Madaniyat 14.09.2022, 13:47
"O`zbekfilm"da Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filialining talabalari kechasi o`tkazildi

"O`zbekfilm" ochiq pavilonida “Ipak yo`li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivalining boshlanishi arafasida BDKI Toshkent filialining gala-konserti hamda Sergey Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti talabalariga bag`ishlov kechasi bo`lib o`tdi.

Marosim vokal va raqs jamoalarining chiqishlari va yorug`lik shousi bilan boshlandi. Keyin so`zga chiqqanlar o`z tabriklarini yo`llashdi.

Mehmonlar va talabalar oldida birinchi bo`lib Rossiya Federasiyasi Madaniyat vazirligining Kinematografiya boshqarmasi boshlig`i Dmitriy Davidenko so`zga chiqdi.

“25 yil oldin men BDKIning kinoshunoslik fakultetini tugatganman, lekin bugun BDKIda o`qiyotgan va o`qiydigan talabalarga havasim keladi. Chunki ularni ham xalqaro, ham ijodiy jihatdan barkamol kelajak kutib turibdi. Men ularga ijodiy muvaffaqiyatlar tilayman va doimo halol bo`lishlarini so`rab qolaman. BDKI rektori Vladimir Sergeevich Malishevga esa alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman,” - dedi Davidenko.

Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov ham tadbir mehmonlarini qutladi.

– O`quv yili boshlanishiga to`g`ri kelgan va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan qayta tiklangan “Ipak yo`li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali arafasida o`tkaziladigan ushbu bayram bilan barchani tabriklash men uchun katta sharaf, katta baxt. Shuningdek, uning tashabbusi bilan Toshkentda BDKI filiali ochildi - bu buyuk universitetning dunyodagi yagona xorijiy filiali bo`lib, bunda juda ko`p sonli kinoijodkorlar etishib chiqmoqda. Bu erda bo`lgan barcha yoshlar, albatta, o`z kinolarini yaratadilar, ular yoshlarning qalbiga yaqin bo`ladi, biz ularni albatta qo`llab-quvvatlaymiz. Chunki O`zbekiston - yoshlar mamlakati. Mamlakatimizda aholining 65 foizini yoshlar tashkil etadi. Do`stlar, omad!” – dedi Firdavs Abduxoliqov.

Eslatib o`tamiz, “Ipak yo`li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali joriy yilning 13-18 sentyabr kunlari bo`lib o`tadi. Unda dunyoning 40 ta davlatidan, jumladan, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmanistondan 500 dan ortiq kinematograflar ishtirok etmoqda. Kinofestival doirasida 150 ta badiiy, hujjatli va qisqa metrajli filmlar namoyish etiladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1