1

XIV Toshkent kinofestivalida dunyoning 38 davlatidan 150 dan ortiq filmlar taqdim etilishi kutilmoqda

Madaniyat 15.09.2022, 11:05
XIV Toshkent kinofestivalida dunyoning 38 davlatidan 150 dan ortiq filmlar taqdim etilishi kutilmoqda

Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar bermoqda.

Festival dasturiga 100 dan ortiq jahon filmlari kiritilgan. Ular xorijiy mamlakatlar kino kunlari doirasida namoyish etiladi.

Kino kunlarida Turkiya, Hindiston, Buyuk Britaniya, Malayziya, Polsha, Ruminiya, Fransiya, Estoniya, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Isroil, Misr, Avstraliya, Braziliya, Niderlandiya va boshqa bir qator davlatlar o`zlarining eng yaxshi filmlarini tomoshabinlar e`tiboriga havola etishadi. Barcha filmlar o`zbek tiliga dublyaj qilingan holda yoki subtitr orqali ko`rsatiladi.

Ishtirokchilar hududlarda o`z filmlarini namoyish etishadi va tomoshabinlar bilan uchrashuvlar o`tkazishadi. Toshkent, Xiva, Buxoro, Qo`qon, Shahrisabz, Termiz, Guliston, Qarshi, Nukusda har bir davlatning o`ziga xos joylashuv nuqtalari bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1