Samarqandda Qirg`iziston va Tojikiston prezidentlari chegaradagi vaziyat yuzasidan yuzma-yuz muzokara o`tkazdi.
Ikki davlat rahbarlari tegishli tuzilmalarga o`t ochishni to`xtatish, qo`shin va vositalarni to`qnashuv chizig`idan olib chiqish bo`yicha ko`rsatmalar berishga kelishib oldilar.
Shuningdek, davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish bo`yicha Qirg`iziston va Tojikiston hukumatlararo komissiyasi ishini jadallashtirish bo`yicha ham kelishuvga erishildi.
Eslatib o`tamiz, bugun, 16 sentyabr kuni qirg`iz-tojik chegarasida otishma sodir bo`ldi. Tomonlar bir-birini provokasiyada ayblamoqda.