1

Ko`z ravshanligini ta`minlovchi antioksidantlar aniqlandi

Salomatlik 18.09.2022, 10:16
Ko`z ravshanligini ta`minlovchi antioksidantlar aniqlandi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti xabariga ko`ra, hozir dunyo bo`yicha taxminan 2,2 milliard kishining ko`rish qobiliyati susaygan. Ularning katta qismini 50 yoshdan oshgan odamlar tashkil etadi.  

SSV ma`lumotida aytilishicha, aslida nigohlarning o`tmaslashishi 40 yoshdan boshlanadi. Vaqt o`tgan sari uzoq yoki yaqinni ko`rish qobiliyati zaiflasha boradi. Keksayganda esa aksariyat kishilar gazeta-jurnal va kitoblarni ko`zoynaksiz o`qishga qiynalib qoladi. Ba`zilarda esa ko`rish qobiliyati tomoman yo`qoladi.

AQShning Betesda milliy ko`z instituti mutaxassislari tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida ushbu muammoning oldini olish yo`li aniqlangan.

Ya`ni olimlar ikkita antioksidant yordamida ko`z ojizligi xavfini chorak foizdan ko`proq kamaytirish mumkinligini isbotlashgan. Buning uchun ilgari ishlab chiqilgan mavjud ozuqaviy qo`shimchalar formulasi o`zgartirilgani aytiladi.

Besh yil davom etgan va 4000 nafarga yaqin kishi qatnashgan tajriba ishtirokchilaridan bir guruhi S vitamini, mis, rux va beta-karotinni o`z ichiga olgan qo`shimchalarni qabul qilishadi. Ikkinchi guruh yangi formulaga asosan tayyorlangan, ya`ni lutein va zeaksantin antioksidantlari bilan boyitilgan dorivor tarkibga ega qo`shimchalardan foydalanilgan.

Yakunda yangi formulaga ega ozuqaviy qo`shimcha ko`z o`tmaslashishi xavfini 26 foizga kamaytirishi aniqlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1