AsosiyDunyo

Yaponiyada kuchli to`fon tufayli 2 milliondan ortiq odam evakuasiya qilindi

'Yaponiyada kuchli to`fon tufayli 2 milliondan ortiq odam evakuasiya qilindi'ning rasmi

Tezligi 198 km/soat bo`lgan to`fon Yaponiyaning Kyushu orolidagi Kagosima, Miyazaki va Kumamoto prefekturalariga kuchli ta`sir qilgan. Mintaqada kuchli yomg`ir va shamol kutilmoqda. Ma`lum qilinishicha, to`fon 21 sentyabr kuni Yaponiyaning asosiy orollarini tark etadi.

Yaponiyaning Kyusyu orolining bir qancha prefekturalari ma`muriyati mintaqaga “Nanmadol” to`foni yaqinlashayotgani munosabati bilan 2 milliondan ortiq aholiga uylarini tark etishni maslahat berdi, deb xabar bermoqda NHK.

Tavsiyalar Kagosima, Miyazaki va Kumamoto prefekturalari aholisiga yuborilgan. Odamlar maxsus evakuasiya markazlariga joylashtirilgan.

Sinoptiklar to`fon asosan Kagosimaning janubida yuz berishini prognoz qilishmoqda. Tayfun qoplagan hududda shamol tezligi 50 m/s gacha, 70 m/s gacha kuchayadi. Dovul markazida shamol tezligi 198 km/soatga, 270 km/soatga etadi, deb aytilgan Yaponiya meteorologiya boshqarmasi ma`lumotida. 

Eslatib o`tamiz, bugun Tayvan qirg`oqlari yaqinida kuchli zilzila ro`y bergani haqida xabar berilgan edi.

    Boshqa yangiliklar