AsosiyDunyo

Putin qirg`iz-tojik chegarasidagi barqarorlikni ta`minlash uchun ko`makka tayyorligini bildirdi

'Putin qirg`iz-tojik chegarasidagi barqarorlikni ta`minlash uchun ko`makka tayyorligini bildirdi'ning rasmi

Bu haqda Kremlga tayanib Sputnik xabar berdi.

Rossiya prezidenti tomonlarni mojaroning keskinlashishiga yo`l qo`ymaslik va yuzaga kelgan vaziyatni faqat siyosiy-diplomatik yo`llar bilan hal qilish uchun zudlik bilan chora ko`rishga chaqirdi.  

Shuningdek, Putin Moskva qirg`iz-tojik chegarasidagi barqarorlikni ta`minlash uchun ko`mak berishga tayyorligini tasdiqladi.

Eslatib o`tamiz, 16 sentyabr kuni qirg`iz-tojik chegarasida otishma sodir bo`ldi. Tomonlar bir-birini provokasiyada ayblamoqda.

15-16 sentyabr kunlari Samarqandda o`tkazilgan Shanxay hamkorlik tashkilotining yigirma ikkinchi sammiti ishtirok etgan Qirg`iziston va Tojikiston prezidentlari shu erning o`zida chegaradagi vaziyat yuzasidan yuzma-yuz muzokara o`tkazishgan edi.

 

    Boshqa yangiliklar