Rio–2016 Olimpiadasining boks dasturidan o`rin olgan +91 kilogramm vazn toifasidagi sportchilar o`rtasidagi chorak final bahslari o`z nihoyasiga etdi.
Mazkur vazn toifasida ishtirok etgan o`zbekistonlik Bahodir Jalolov britaniyalik Jozef Joga qarshi ringga ko`tarildi. Afsuski, hamyurtimiz 3:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ta`kidlash joiz, ayni damda 4 nafar o`zbekistonlik bokschi medallar uchun kurashni davom ettirmoqda.





